Maktabgaça ta'lim vazirligida tizimda işlovçi mas'ul xodimlar iştirokida «Korrupsiya – jamiyat rivojining kuşandasi» mavzusida seminar ötkazildi.
Unda qatnaşgan Oliy Majlis Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarşi kuraşiş qömitasi raisi Batir Matmuratovning ma'lumot berişiça, 2019 yilning birinçi yarim yilligida maktabgaça ta'lim tizimida 35 jinoyat işi qözğatilgan. Bu sodir etilgan jinoyatlar soni ötgan yilga qaraganda 7taga oşganini körsatadi.
«Uşbu jinoyatlarning 7tasi Toşkent viloyatiga, 6tasi Jizzax viloyatiga tegişli bölsa, Toşkent şahri va Farğona viloyatiga 5tadan töğri keladi», deydi Senat qömitasi raisi.

Şuningdek, Batir Matmuratov bolalarning boğçaga boriş uçun xarxaşa qilişlari köpinça undagi şaroitlar qoniqarsizligi bilan ham boğliq bölişi mumkinligiga alohida urğu berdi.
Bundan taşqari, Batir Matmuratov Respublikadagi MTTlar böyiça olib borilgan tekşiruvlar haqida töxtalib ötib, ayrim MTTlarda belgilangan miqdordagi oziq-ovqatdan olib qolinayotganini, aslida esa, korrupsiyaga qarşi kuraşişning eng yaxşi yöli xodimlar ijtimoiy himoyasini oşirişdan iborat ekanligini ta'kidladi.
«Balki turli fondlar orqali yaxşi işlaydigan tarbiyaçilarni rağbatlantiriş yölini topiş mumkindir», deya taklif ham berdi Batir Matmuratov.
«Maktabgaça ta'lim tizimida taklif qilişni yöq qilamiz. Çunki taklif qilinmasa, heç kim talab qila olmaydi. Agar MTT barça talablarga javob bersa, kamçilik yöq bölsa, nega qörqiş kerak? Poytaxtdan borganda viloyatda, viloyatdan borganda tumanda birorta mehmondorçilik yoki tuşlik kabilarni taklif qilişni unutaylik. Hammaning öz maoşi, xizmat safariga ajratilgan puli bor», deya keskin talab qöydi Maktabgaça ta'lim vaziri örinbosari Sobitxon Turğunov.












