“Formula-1” avtopoygasining 15-bosqiçi – Singapur gran-prisida Ferrari a'zosi nemis Sebastyan Fettel ğolib böldi.
4 karra jahon çempioni 22 bosqiçdan iborat ğalabasiz seriyadan keyin ilk ğalabasiga erişdi. U oxirgi marta 2018 yilgi Belgiya bosqiçida ğalaba qozongandi. Uşbu ğalaba Fettel faoliyatidagi 53-ğalaba, Singapurdagi 5-ğalaba böldi. Şuningdek, uning jamoasi 2008 yildan beri ilk bor qatorasiga 3 ta bosqiçda ğoliblikka erişa oldi.
Marraga ikkinçi bölib Fettelning jamoadoşi Şarl Lekler, uçinçi bölib Red Bull poygaçisi Maks Ferstappen keldi.

Poyga peşqadamlari Lyuis Xemilton va Valterri Bottas 4- va 5-örinlarni egallaşdi.
Umumiy hisobda Xemilton 296 oçko bilan peşqadam bölib qolmoqda. 2-örinni Valterri Bottas (231), 3-örinni Şarl Lekler (200) egallamoqda.
Mavsum yakunlanişiga yana 6 ta bosqiç qoldi. Poyganing navbatdagi 16-bosqiçi Soçida 29 sentyabrda bölib ötadi.












