Rossiyalik erkin kuraşçi Abdulraşid Sadulayev Nur-Sulton şahrida bölib ötgan jahon çempionatida 97 kg vazn toifasida çempion böldi.

U finalda ozarboyjonlik erkin kuraşçi Şarif Şarifovni 4:0 hisobida mağlub etdi va tört karra jahon çempioniga aylandi.

Sadullayev 2016 yilgi Rio Olimpiadasida -86 kg vazn toifasida iştirok etib, oltin medalga sazovor bölgan. Sadullayev 2014 yil Toşkentda, 2015 yil Las-Vegasda ötkazilgan jahon çempionatida 86 kg vazn toifasida, 2018 yil Budapeştda ötkazilgan jahon çempionatida -97 kg vazn toifasida çempion bölgan, 2017 yil Parijda ötgan turnirda esa kumuş medal olgan.

Şarif Şarifov esa 2012 yilgi London Olimpiadasida -84 kg vazn toifasida iştirok etib, oltin medal olgan, 2016 yil Rio Olimpiadasida esa -86 kg vazn toifasida qatnaşib, bronza medalga sazovor bölgan. U şuningdek, 2009 yil Herningda bölib ötgan jahon çempionatida bronza, 2011 yili Istanbulda bölib ötgan jahon çempionatida oltin medalni qölga kiritgan.

Bu vazn toifasida Şimoliy Makedoniya vakili Magomedgadji Nurov va amerikalik Kayl Snayder bronza medallarga ega çiqişdi.

Eslatib ötamiz, uşbu turnirda -97 kg vazn toifasida Özbekiston şarafini Magomed Ibragimov himoya qildi. Lekin u çorak finalda amerikalik Kayl Snayderga yutqazib medallar uçun kuraşdan çiqdi.