Ozarboyjonning Özbekistondagi elçisi Guseyn Guliyev Özbekiston Respublikasi taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov bilan uçraşdi va unga «Ozarboyjon Respublikasi diplomatik xizmati organlarining 100 yilligi (1919-2019)» yubiley medalini topşirdi.
Elçi Guseyn Guliyev Özbekiston rahbariyatiga Ozarboyjon bilan döstona va qardoş munosabatlar, Ozarboyjonning arman-ozarboyjon Toğli Qoraboğ mojarosini xalqaro huquq va tarixiy adolat asosida hal qiliş borasidagi pozitsiyasini barça arenalarda aniq qöllab-quvvatlagani uçun minnatdorlik bildirdi. Elçi hozirgi bosqiçda uşbu munosabatlar mamlakatlar xalqlari va davlat rahbarlarining özaro işonçi hamda qöllab-quvvatlaşiga asoslangani va strategik şeriklik munosabatlari sifatida baholanayotganini ta'kidladi.
Abdulaziz Komilov Ozarboyjon Respublikasi Taşqi işlar vazirligi rahbariyatini qutlar ekan, uşbu mukofot uçun Ozarboyjon Respublikasi hukumatiga yana bir bor minnatdorlik bildirdi.
Uçraşuv davomida A. Komilov sönggi yillarda Özbekiston-Ozarboyjon munosabatlari barça sohalarda sezilarli darajada rivojlanib borayotgani, iqtisodiy sohada köplab loyihalarni amalga oşiriş boşlanganini ta'kidladi.












