AQŞning Exelon kompaniyasi AQŞdagi eng yirik atom elektr stansiyasini yopişga qaror qildi.
Bunday qarorga kelinişiga davlat tomonidan moliyaviy kömak körsatilişi borasidagi mavhumlik, yuqori sarf-xarajatlar va qayta tiklanuvçi energiya manbalari köpayişi sabab bölgan.
Exelon Tri-Mayl-Aylend AESning 1-energobloki reaktorini 45 yillik ekspluatatsiyadan keyin töxtatdi. Bu qaror AESning, jumladan 40 yil avval işdan çiqqan 2-blokning yopilişini anglatadi.
Korxonani radioaktiv moddalardan tozalaş önlab yillar vaqt oladi. Xodimlar yaqin haftalarda yonilğining reaktorga uzatilişini töxtatib, uni işlatilgan yonilği saqlanadigan suv havzasida saqlaydi. Biroq reaktorning ekspluatatsiyadan çiqarilişi köproq vaqt talab etadi. Kompaniyaning baholaşiça, AES radioaktiv moddalardan 2078 yilgagina kelib töliq tozalanadi.
AESning 1-energobloki nisbatan xavfsiz hisoblangan va u bilan yuz bergan yagona köngilsiz voqea atmosfera bosimining özgarişi bölgan. Uning oqibatida 20 xodim kiçik miqdordagi radiatsiya bilan nurlanişga uçragan. Biroq 1979 yilda 2-blokning eritilişi 2 mlnga yaqin odamning nurlanişiga olib kelgan.
“Yadro energetikasi nisbatan toza hisoblansa-da, tabiiy gaz kabi qayta tiklanuvçi energiya manbalari ösişi unga talabning kamayişiga olib kelgan”, deb ta'kidlab ötilgan kompaniyada.












