Facebook kompyuterni fikr orqali boshqarish bo‘yicha startapni sotib oldi
Facebook kompaniyasi kompyuterni miya impulslari yordamida boshqarish imkoniyatini beruvchi dasturiy ta'minot ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadigan CTRL-Labs startapini sotib olganini e'lon qildi. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.
Facebook vitse-prezidenti Endryu Bosuortning so‘zlariga ko‘ra, CTRL-Labs ishlanmalaridan biri bilaguzuk bo‘lib, u miyadan keladigan signallarni o‘qiydi. Bunday bilaguzuk yordamida kompyuterda klaviatura ishlatmasdan matn terish mumkin.
Agentlikning qayd etishicha, kelgusida bu texnologiya smartfonlarda joriy etiladi va virtual voqelik ko‘zoynagi bilan birgalikda foydalaniladi. Telefon, ko‘zoynak va bilaguzuk yordamida kompyuterni klaviatura va sichqonchasiz boshqarish mumkin bo‘ladi.
CNBC manbalarining xabar berishicha, shartnoma qiymati 500 mln dollardan 1 mlrd dollargachani tashkil etadi.
Mavzuga oid
19:42 / 22.10.2024
Facebook va Instagram mashhur insonlardan foydalanilgan reklama firibgarligiga qarshi kurashadi
13:53 / 22.10.2024
Meta bepul ovqatlanish kuponlariga maishiy buyumlar xarid qilgan xodimlarni ishdan bo‘shatdi
23:24 / 12.10.2024
Meta Moldovadagi prezidentlik saylovlari oldidan feyk akkauntlarni o‘chirib tashladi
19:21 / 04.10.2024