Özbekiston Futbol Assotsiatsiyasi argentinalik mutaxassis Ektor Kuper bilan imzolangan şartnomaning bekor etilganini e'lon qildi.

63 yoşli mutaxassis milliy jamoani 368 kun davomida boşqardi. Quyida uning faoliyatiga taalluqli ba'zi raqamlarga e'tibor qaratamiz. 

Ektor Kuper milliy jamoani 17ta öyinda boşqardi. Bu tarixdagi sakkizinçi körsatkiçdir. Milliy jamoada eng köp işlagan murabbiylar – Mirjalol Qosimov (54ta öyin), Rauf Inileyev (29ta öyin) va Vadim Abramov (28ta öyin).

Kuper qöl ostida milliy jamoa 7ta öyinda ğalaba qozonib, 4ta durangga erişdi va 6 marta yutqazdi. Bu bilan 49 foiz oçko jamğardi. Bu körsatkiç böyiça peşqadam murabbiylar - Rustam Akramov (77 foiz), Samvel Babayan (69 foiz) va Ravşan Haydarov (60 foiz). 

Kuper boşqargan öyinlarda zaxiradan tuşirgan futbolçilari atigi 3 marta gol urgan. Bu körsatkiç böyiça peşqadamlar – Mirjalol Qosimov (15), Rauf Inileyev (12) va Ravşan Haydarov (10). Qayd qiliş joizki, bu mutaxassislar Kuperga nisbatan köproq öyinda işlaganlar.

Kuper qöl ostidagi öyinlarda milliy jamoa 19ta gol urdi – bu har bir öyinga örtaça 1,11 goldan töğri keladi. Bu körsatkiç böyiça eng yaxşi murabbiylar – Rustam Akramov (2,55), Vladimir Salkov (2,1) va Rauf Inileyev (1,96). 

Kuper boşqargan öyinlarda milliy jamoa 16ta gol ötkazdi – bu har bir öyinga örtaça 0,94 goldan töğri keladi. Undan ham yaxşiroq natijaga Samvel Babayan (0,62) va Rustam Akramov (0,88) erişgan. Kuper bu körsatkiç böyiça milliy jamoa tarixidagi uçinçi murabbiy bölib turibdi va himoyaviy taktikaga köproq e'tibor qaratişini isbotlamoqda.

Qayd qiliş joizki, barça körsatkiçlarni hisoblaşda milliy jamoada kamida 15ta öyinda işlagan murabbiylar olindi. Albatta bu raqamlar öta sub'yektiv körsatkiç bölib, rasmiy va örtoqlik öyinlaridagi raqiblar kuçi va boşqa köplab omillarga boğliq.

Eslatib ötamiz, Özbekiston Futbol Assotsiatsiyasi Kuperning örniga milliy jamoaning yangi boş murabbiyi deb Vadim Abramovni e'lon qildi. 

Nurmuhammad Said