Jamiyat | 17:48 / 24.09.2019
3709
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkent viloyatida jinoyatchilik 23,9 foizga kamayishiga erishildi

Toshkent viloyati ichki ishlar organlari safida munosib o‘rnak ko‘rsatgan tayanch punktlari profilaktika inspektorlari, mahalla raislari hamda faollarini tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Tantanali tadbirni Toshkent viloyat IIBB boshlig‘i polkovnik Tohir Oripov ochib berdi. Tadbir avvalida Bosh boshqarma boshlig‘i joriy yil 8 oy davomidagi amaliy ishlar xususida to‘xtalib o‘tdi, deb xabar qilmoqda IIBB matbuot xizmati Kun.uz’ga. 

Oripovning bildirishicha, jamoatchilik nazorati maskanlarining faoliyatini kuchaytirish hamda keng jamoatchilik bilan uzviy hamkorlikda olib borilgan tizimli profilaktik tadbirlar natijasida viloyatdagi 1029 mahallaning 464 yoki 45 foizida jinoyatchilik sodir etilmagan. Buning natijasida joriy yil 8 oyida umumiy jinoyatchilik 3703tadan 2815taga yoki 23,9 foiz kamayishiga erishilgan.

Ushbu amaliy ishlarga o‘z hissasini munosib qo‘shayotgan IIO tayanch punktlarining 1275 nafar profilaktika inspektorlari va ularning 654 nafar yordamchilari, 199 nafar mahalla raislari, 125 nafar xotin-qizlar oilalarda ma'naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash bo‘yicha mutaxassislar hamda 19 nafar mahalla posboni jamoat tuzilmasi a'zolari 862 mln 290 ming so‘m miqdorida pul mukofotlari bilan rag‘batlantirildi.

Tadbirda davomida IIV tomonidan viloyat YHXB xodimlariga Gentra xizmat avtomobillari tantanali topshirildi. 

Taqdirlash tadbiri  shaxsiy tarkib, xizmat va maxsus avtomashinalar hamda otliq guruhning tantanali yurishi bilan yakunlandi.

Mavzuga oid