O‘zbekiston | 08:20 / 25.09.2019
17506
1 daqiqa o‘qiladi

1 oktyabrdan OTM rahbar va pedagog kadrlarining uzluksiz malakasini oshirish tizimi joriy etiladi

Foto: Depositphotos

Oliy ta'lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida Hukumat qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, 2019 yil 1 oktyabridan oliy ta'lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining uzluksiz malakasini oshirish tizimi amaliyotga joriy etiladi.

Adliya vazirligi xabariga ko‘ra, ushbu xodimlarning malakasini oshirish markazlarida Ta'lim texnologiyalari kafedrasi tashkil etiladi.

Qaror bilan, oliy ta'lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining uzluksiz malakasini oshirish jarayonlarini tashkil etish tartibi to‘g‘risida nizom ham tasdiqlandi.

Nizomga ko‘ra, uzluksiz malaka oshirish jarayoni quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

mutaxassislik bo‘yicha mustaqil malaka oshirish;

muqobil malaka oshirish;

ta'lim dasturlari asosida mazkur kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazlarida bevosita o‘qish.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid