Fransiya kompaniyasi Toshkentdagi issiqlik ta'minoti bilan shug‘ullanishi mumkin
Moliya vazirligida Fransiyaning Veolia Environment kompaniyasining Markaziy va Sharqiy Yevropa bo‘yicha vitse-prezidenti Malika Genduri boshchiligidagi delegatsiyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Davlat-xususiy sheriklik doirasida Toshkent shahridagi issiqlik ta'minoti tizimini boshqaruvga topshirish bo‘yicha loyiha konsepsiyasi - muhokamalarning asosiy mavzusi bo‘ldi. Loyiha shahar issiqlik ta'minoti tizimini xalqaro texnik va ekologik standartlar darajasida modernizatsiya qilish va rivojlantirish, shuningdek ishlab chiqarilgan va yetkazib berilgan energiya manbalarini hisobga olish uchun zamonaviy axborot tizimlarini joriy etishni ko‘zda tutadi.
Ma'lumot uchun: Veolia Environment - Parijda joylashgan ko‘p tarmoqli kompaniya hisoblanadi. Suv ta'minoti, kommunal xizmatlar, energiya va transport xizmatlari kabi faoliyat yo‘nalishiga ixtisoslashgan. Kompaniya 160 yildan ortiq sanoat tajribasiga ega bo‘lgan resurslarni boshqarish tizimini optimallashtirish sohasidagi yetakchilardan biridir.
Uchrashuv so‘ngida Veolia Environment kompaniyasi loyihaning texnik-iqtisodiy asosini o‘z ichiga olgan bitim konsepsiyasini ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi hamda Toshkent shahar hokimligiga taqdim etdi.
Mavzuga oid
17:00 / 01.01.2025
Toshkent metrosiga uchta yangi poyezd olib kelindi
21:07 / 28.12.2024
Bayram kunlari Toshkentda avtobuslar qisqartirilgan jadval asosida harakatlanadi
18:14 / 27.12.2024
Dunyodagi havosi eng iflos shahar – Toshkent havosida PM2,5 zaharli zarrachalari me’yordan 29 marta oshdi
08:01 / 27.12.2024