Özbekiston Respublikasi taşqi qarzining umumiy hajmi 2019 yil boşidan 20 %ga yoki 3,4 mlrd. dollarga oşgan holda, 2019 yil 1 iyul holatiga 20,7 mlrd. dollarni taşkil qildi.

Markaziy bankning 2019 yilning I yarim yili uçun tölov balansi va xalqaro investitsion pozitsiyasi, şuningdek, taşqi qarz böyiça ma'lumotlarida aytilişiça, 2019 yilning I yarim yilligida qarzdorlikning ösişi asosan davlat sektoriga töğri keldi (3,1 mlrd. dollar), şundan 1 mlrd. dollari xalqaro obligatsiyalar hisobiga şakllangan.

Banklar va iqtisodiyotning boşqa sektor korxonalari tomonidan qarz oliş hajmining oşişi natijasida xususiy sektor qarzdorligi 330,3 mln. dollarga oşdi.

UMUMIY TAŞQI QARZ TARKIBI VA UNDAGI ÖZGARIŞLAR 

2019 yilning I yarim yilligida xususiy sektor tomonidan umumiy miqdorda 1 mlrd. dollar qarzdorlik jalb qilindi. Qarzlarni jalb qiliş asosan banklar – 534,3 mln. dollar, neft-gaz va energetika taşkilotlari – 206,0 mln. dollar, töqimaçilik sektori korxonalari – 40,7 mln. dollar va iqtisodiyotning boşqa sektorlari – 230,5 mln. dollar tomonidan amalga oşirildi.

Şuningdek, örganilayotgan davr mobaynida davlat taşqi qarzi böyiça 203,4 mln. dollar miqdordagi asosiy qarz va 103,7 mln. dollar miqdordagi foiz tölovlari amalga oşirilgan.

Xususiy taşqi qarz tölovlari asosiy qarz böyiça 706,6 mln. dollar va foiz tölovlari böyiça 182,8 mln. dollarni taşkil qildi. Bunda, asosiy qarz va foizlar böyiça tölovlarning eng katta qismini hanuzgaça neft-gaz va energetika sektori korxonalari hamda banklar amalga oşirmoqda.