FVV Moliya vazirligi bilan birgalikda favqulodda vaziyatlar organlari va tuzilmalari tomonidan yuridik va jismoniy şaxslarga körsatiladigan pullik xizmatlar röyxatini tasdiqladi. Bu haqda Norma xabar bermoqda.
Unga quyidagi xizmatlar kiritilgan:
1) yonğin xavfsizligi çoralarini qöllaş, özini tutiş qoidalari va favqulodda vaziyatlardan himoya qilişning asosiy usullarini, jabrlanganlarga birinçi tibbiy yordam körsatiş usullarini, jamoaviy va şaxsiy himoya vositalaridan foydalaniş qoidalarini örgatiş;
2) poligrafiya mahsulotlarini (öquv va öquv-uslubiy qöllanmalari, jurnallar va boşqa bosma mahsulotlar), favqulodda vaziyatlar va yonğindan himoya qiliş böyiça materiallarni, öquv filmlarini sotiş;
3) suv havzalarida, çömiluvçilarning ommaviy töplaniş joylarida (plyajlarda, hovuzlarda va boşqalarda) qutqaruvçi ğavvoslarning navbatçilik ötaşi - Budjet taşkilotining rivojlantiriş jamğarmasi mablağlari bilan ta'minlanadigan qöşimça xodimlar (qutqaruvçilar) hisobiga yuritiladi;
4) suv ostida texnik, kema kötariş işlarini, çökib ketgan predmetlarni qidiriş böyiça işlarni, suv obektlari quyi qismini tozalaş va ğavvoslik işlarining boşqa turlarini bajariş;
5) xizmat itlarining kuçuklarini sotiş;
6) itlarni vaqtinça parvarişlaş (itlar uçun mehmonxona);
7) balandlikdagi işlarni bajariş (panellararo çoklarni germetizatsiyalaş, turli xil inşootlarni montaj va demontaj qiliş, balandlikda oynalarni yuviş, fasadlarni tozalaş va ta'mirlaş, daraxtlarni olib taşlaş va kesiş va boşqalar);
8) şaxsiy himoya vositalarini tekşiriş va sinovdan ötkaziş, radiatsion razvedka ötkazişga möljallangan asboblarni qiyoslaş va kalibrovka qiliş;
9) aholiga reklama va marketing axborotlarini uzatiş uçun avtomatlaştirilgan ogohlantiriş va axborot beriş tizimidan foydalaniş;
10) yonğin xavfsizligi talablariga muvofiqligini tasdiqlaş uçun yonğin xavfsizligi sohasida mahsulot va xizmatlarni sertifikatlaş;
11) aholi va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qiliş, yonğin xavfsizligi va suv obektlarida odamlar xavfsizligini ta'minlaş sohasidagi mutaxassislarni tayyorlaş, qayta tayyorlaş, malakasini oşiriş;












