Xorazm viloyati va Qoraqalpoğiston Respublikasining bir qança tumanlari fuqarolari «Human xususiy bandlik agentligi» MÇJ ustidan şikoyat qilib, Kun.uz tahririyatiga murojaat qilişdi.
Toşkent şahrining Yakkasaroy tumanida röyxatdan ötgan bu taşkilot 2019 yilda Xorazm viloyati markazi Urganç şahrida ham vakolatxonasini oçgan va fuqarolarni Yevropa hamda Osiyo mamlakatlariga işga yuborişga va'da berib, ular bilan şartnoma imzolab, katta miqdordagi mablağlarni olgan. Ayni paytda fuqarolardan heç kim işga jönatilmagan, ularning pullari ham qaytarib berilmagan.
Murojaatçilar nomidan sözlagan Alişer Djumaniyazov quyidagilarni bayon qildi.

«Biz mart oyida «Human xususiy bandlik agentligi» MÇJ bilan şartnoma imzoladik. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan ularga litsenziya berilgan ekan. Biz şunga işongandik. Katta miqdordagi pullarni «Human xususiy bandlik agentligi» hisob raqamiga ötkazib berganmiz. Xorazm viloyati vakolatxonasi rahbari Jasur Abdullayev bizga 15 iyunda işçilarning dastlabki guruhi xorijga jönatilişini va'da qilgan va pullarni tezroq tölaşga undagan edi. Afsuski, iyun oyida ham, iyul va avgustda ham heç kim işga yuborilmadi. Sentabr oyida «Human xususiy bandlik agentligi» Özbekistondan heç kimni işga yubora olmagani, rahbariyat ustidan esa jinoiy iş oçilganini bildik. Pullarimizni qaytarib berişlarini sörab ariza yozganmiz, ammo hanuz ololmayapmiz», - deydi Djumaniyazov.
Xorazm viloyati va Qoraqalpoğiston Respublikasida yaşovçi 50dan ortiq fuqaro 11,5 million sömdan 35 million sömgaça bölgan mablağni «Human xususiy bandlik agentligi»ga ötkazib berişgan. Ularga Germaniya, Litva, Polşa, Çexiya va Yaponiya kabi mamlakatlardan iş va'da qilingan. Ammo hozirgi kunda iş ham, pul ham yöq.
Murojaatçilar yillar davomida mehnat qilib, topgan pullarini, taniş-bilişlardan qarz sifatida olgan mablağlarni «Human xususiy bandlik agentligi»ga ötkazib berişganini, şuningdek, avtomaşinalarini va boşqa qimmatli buyumlarini sotib, şartnoma pullarini tölaganlarini aytişmoqda. Ular hukumatdan, huquq-tartibot idoralaridan amaliy yordam kutişyapti.


















