Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Navoiy” erkin iqtisodiy zonasi ishtirokchilarini tanlab olish va ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi hujjat loyihasi e'lon qilindi.
“Navoiy” EIZda amalga oshirish uchun investitsiya loyihalarini tanlab olish bo‘yicha tashkiliy masalalarni hal etish Direksiyaga va Ma'muriy kengashning ishchi organiga yuklanadi.
“Navoiy” EIZ hududida investitsiya loyihalarini joylashtirishda quyidagilar majburiy mezonlar hisoblanadi:
birinchi navbatda, viloyatning mavjud mineral xomashyo bazasidan foydalangan holda import o‘rnini bosadigan, innovatsion, yuqori texnologiyalarga asoslangan, eksportbop, raqobatbardosh yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish;
ishlab chiqarish faoliyatining ikkinchi yili kamida 20 foiz, uchinchi va keyingi yillarda 30 foizdan kam bo‘lmagan darajada eksport qilish;
yangi ish o‘rinlari tashkil qilish;
tashkil etiladigan tashkilotning shtatdagi xodimlarini jalb etilgan xodimlar umumiy sonining kamida 95 foizi miqdorida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan to‘ldirish ularga tajriba orttirishdan va malaka oshirishdan o‘tish imkoniyatini berish.
Investor Direksiyaga “Navoiy” EIZ hududida investitsiya loyihasini joylashtirish uchun to‘ldirilgan investitsiya buyurtmanomasini taqdim etadi.
Investitsiya buyurtmanomasiga quyidagilar ilova qilinadi:
yuridik shaxsning (investorning) ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi ma'lumot yoki ushbu investorning faoliyatini tasdiqlovchi boshqa hujjat;
tavsiya etilayotgan loyihaning biznes-rejasi yoki texnik iqtisodiy asosnomasi (TIA).
Barcha hujjatlar investor tomonidan Direksiyaga o‘zbek, rus yoki ingliz tillarining birida taqdim etiladi.
Investor taqdim etilayotgan ma'lumotlarning haqqoniyligi yuzasidan javob beradi.
Direksiyaga taqdim etilayotgan biznes-reja yoki TIAda quyidagi asosiy holatlar aks ettirilgan bo‘lishi kerak:
ishlab chiqarilishi rejalashtirilayotgan mahsulotga amalda yoki kelajakda (loyihada belgilangan davr mobaynida) ehtiyoj mavjudligini asoslantirilganligi;















