Otabek 6 oydan so‘ng ilk marta milliy jamoaga chaqirildi.
Shukurov mart oyida Xitoyga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida jiddiy jarohat olgan va uzoq muddatga safdan chiqqandi. Shundan so‘ng aprelda operatsiya qilingan Otabek BAA superkubogi o‘yinida maydonga tushib, jamoasining g‘alabasiga o‘z hissasini qo‘shgandi.











