Ukraina va AQŞ prezidenti Vladimir Zelenskiy va Donald Tramp BMT Boş assambleyasi 74-sessiyasi doirasida Nyu-Yorkda uçraşdi.
Ikki yetakçi tarjimonlarsiz suhbatlaşgan.
AQŞ prezidenti suhbat davomida Rossiya va Ukraina munosabatlaridagi progressni qayd qilib ötib, Zelenskiyga şu yösinda davom ettirişni maslahat qilgan. U, şuningdek, Zelenskiy va Rossiya prezidenti Vladimir Putin uçraşib, Donbassdagi ixtilofni hal qila olişiga işonç bildirgan.
“Siz prezident lavozimida bölgan qisqa vaqt içida Rossiya bilan munosabatlarda sezilarli taraqqiyotga erişdingiz. Şu yösinda davom ettiravering”, deb aytgan Tramp.
AQŞ prezidentining fikriça, Putin Donbassdagi ixtilofni tartibga solişga intilmoqda.
“Men prezident Putin nimagadir erişişni istayotganiga çin dildan işonaman. Siz va prezident Putin uçraşib, muammoingizni hal qilasiz deb, umid qilaman. Bu aqlbovar qilmas natija bölardi”, deb aytgan Tramp.
Öz navbatida Zelenskiy Yevropa Ittifoqi va AQŞning birgalikdagi sa'y-harakatlarigina Donbassdagi vaziyatni tartibga solişda yordam bera olişini aytgan.
Aytiş joizki, uçraşuv ança kötarinki ruhda ötgan. Ikki yetakçi bir-birlariga hazillar qilişgan.
“U meni men uni maşhurroq qilganimdan köproq maşhur qildi”, deb aytgan Tramp uçraşuv boşida töplanganlar kulgusi ostida. Tramp bunda Zelenskiy bilan telefon suhbatini nazarda tutgan.
AQŞ prezidenti Zelenskiy yaxşi nomga egaligini aytgan va Ukrainada hammasi yaxşi bölişiga umid bildirgan.
Öz navbatida Ukraina prezidenti “Telefondan köra, televizor orqali böliş ança yaxşiroq ekanligini” aytgan va yana kulgu kötarilgan.
Söngra Zelenskiy Trampni Ukrainaga taklif qilgan. “Men bilaman siz heç qaçon Ukrainada bölmagansiz. Sizdan oldingi prezident, inglizçada qanday aytsa böladi, kelişga vaqt topolmagan. Balki ajoyib mamlakatimizga kelişga va'da berarsiz?”, deb söragan Ukraina rahbari hamkasbidan.
Tramp “harakat qilişini” va köplab ukrainaliklarni tanişini hamda Ukraina katta salohiyatga egaligini qöşimça qilgan. “Men bilaman. Çunki şu mamlakatdanman”, deb javob qilgan Zelenskiy kulgular ostida.












