Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Istanbuldagi zilziladan 473ta binoga shikast yetdi, 34 kishi jarohatlandi
Istanbulda sodir bo‘lgan zilzila natijasida 34 kishi yaralandi, 473ta binoga shikast yetdi. Bu haqda Turkiya vitse-prezidenti Fuat O‘qtay ma'lum qildi.
"Zilzila oqibatida yaralangan 34 kishidan 10 nafari kasalxonada davolanishni davom ettirmoqda, 24 kishiga javob berildi. Zilziladan so‘ng 188ta aftershok qayd etildi, ularning eng kuchlisi 4,1 ballga teng bo‘ldi", - dedi u jurnalistlarga.
Yevropa O‘rtayer dengizi seysmologiya markazining ma'lumot berishicha, payshanba kuni Turkiya g‘arbida 5,9 balli zilzila sodir bo‘ldi. Zilzila epimarkazi Istanbuldan 68 kilometr g‘arbda joylashgan.
Avvalroq Turkiya prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an zilzila oqibatida sakkiz kishi yengil jarohat olganini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
18:08 / 09.06.2026
Istanbulda o‘zbekistonlik 6 yoshli bola tramvay ostida qolib, vafot etdi
13:14 / 07.06.2026
Olti yildan buyon qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik ayol Turkiyada ushlandi
15:36 / 07.04.2026
Istanbulda Isroil konsulxonasi oldida otishma ro‘y berdi
19:27 / 05.04.2026