Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Senat: XMT O‘zbekistonning yoshlar bandligini ta'minlash siyosatini ijobiy baholadi
Nyu-York shahrida Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) Nyu-York bo‘limi vakili Met Kognak va XMT Byurosining MDH mamlakatlari bo‘yicha direktori Olga Kulayeva bilan uchrashdi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining axborot xizmati xabariga ko‘ra, XMT vakillari O‘zbekiston bilan hamkorlik yuqori darajada ekanini qayd etdi. Jumladan, so‘nggi yillarda mehnat standartlarini joriy etish, mehnat sohasidagi qonunbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha ish beruvchilar va xodimlar salohiyatini, aholi bilan o‘zaro aloqa mexanizmini oshirish borasida erishilgan natijalar ahamiyatiga urg‘u berdi.
Mamlakatda yoshlar bandligini ta'minlash bo‘yicha “Yoshlar – kelajagimiz” Davlat dasturi qabul qilinishi, “Yoshlar – kelajagimiz” jamg‘armasi tashkil etilishi va davlat mablag‘lari yoshlarga imtiyozli kreditlar ajratishga yo‘naltirilishi alohida e'tiborga molik ekani ta'kidlandi. Jumladan, 2018 yilda Jamg‘arma ko‘magida 23 mingdan ortiq ish o‘rinlari yaratildi. Joriy yilda dasturni moliyalashtirish hajmi qariyb 62000 ta ish o‘rni yaratilishini ko‘zlagan holda 300 mln. AQSh dollarigacha oshirildi.
XMTning “MDH mamlakatlarida yoshlar bandligi sohasida hamkorlik” loyihasi doirasida yoshlar bandligini targ‘ib qilish masalalarini qamrab oladigan yoshlar strategiyasini shakllantirish jarayoni taklif etildi.
XMTni bunday strategik muhim tashabbusga jalb qilish nafaqat milliy salohiyatni mustahkamlash, balki global darajada XMT yaratayotgan bilim va tajribadan foydalanishni kengaytirish imkonini beradi.
Tomonlar Munosib mehnat dasturini amalga oshirish bo‘yicha ishlarni davom ettirishga, shuningdek, Yoshlar bandligi strategiyasini ishlab chiqish va norasmiy bandlik loyihalarini amalga oshirishda XMTga ko‘maklashishga, ijtimoiy himoya qilish, bandlikni ta'minlash va mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha mehnat normalarini takomillashtirishga tayyor ekanini bildirdi, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
14:08 / 04.06.2026
O‘zbekiston va Serbiya parlamentlari hamkorlik memorandumini imzoladi
15:00 / 03.06.2026
Belgraddagi global konferensiyada O‘zbekistonning gender tenglik borasidagi tajribasi taqdim etildi
17:36 / 23.05.2026
O‘zbekiston parlamenti delegatsiyasi MDH PA sessiyasida qator tashabbuslarni ilgari surdi
18:58 / 23.04.2026