Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovga Hormatly il ýaşulusy (Hurmatli xalq oqsoqoli) unvoni berildi. Bu haqda “Turkmaniston bugun” davlat axborot agentligi ma'lum qilgan.  

Uşbu unvon Berdimuhamedovga “davlat mustaqilligi va daxlsizligi uçun qöşgan ulkan hissasi, davlat va jamiyat oldidagi buyuk xizmatlari, vatan ravnaqi uçun mazmunli, vijdonli va mardonavor mehnati, ijobiy islohotlarni amalga oşirgani uçun hamda Turkmaniston mustaqilligining 28 yilligi nişonlanişi tufayli jamoat taşkilotlari va fuqarolarning köplab iltimos va takliflari hisobga olingan holda” berilgan.

Turkmaniston prezidenti unga kökrak nişoni topşirilişi oldidan an'anaviy turkman kiyimi – tön va oq çögirmada bölgan.

“Prezident bundan keyin ham vatan ravnaqi, turkmanistonliklarning osuda va baxtli hayotini ta'minlaş uçun öz kuçi, bilimi va tajribasini ayamasligini aytgan”, deb ta'kidlab ötilgan axborot agentligida. 

Naşrning ta'kidlaşiça, 2011 va 2017 yillardagi oqsoqollar yiğilişlarida  fuqarolar va oqsoqollarning köplab iltimoslariga köra prezidentga Turkmaniston qahramoni unvonlari berilgan.