Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘onistonda prezident saylovlari kunida 113 ta hujum sodir etildi. 32 kishi halok bo‘ldi
28 sentyabrda Afg‘onistonda prezident saylovlari kunida jangarilar sodir etgan 113 ta hujum oqibatida 32 kishi halok bo‘ldi, 123 kishi yaralandi. Bu haqda Pajhwok axborot agentligi xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, “Tolibon” 64 ta hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olgan, qolgan hujumlar tashkilotchilari noma'lum.
28 sentyabrda Afg‘onistonda 2001 yilda toliblar tuzumi qulagandan keyingi 4-prezident saylovlari bo‘lib o‘tdi. Saylovlarda asosiy raqiblar amaldagi prezident Ashraf G‘ani va bosh vazir Abdulloh Abdulloh hisoblanadi. Ularga xavfsizlik bo‘yicha milliy direksiya rahbari Rahmatulla Nabil, afg‘on mujohidlarining sobiq yetakchisi Gulbiddin Hikmatiyor va Afg‘onistonning Londondagi sobiq elchisi Ahmad Vali Mas'ud raqobatchilik qilishi mumkin.
Saylovlar jarayoni radikallar tomonidan muntazam tahdidlar sharoitida o‘tmoqda. Saylovlarning dastlabki natijalari 19 oktyabrda, yakuniy natijalari esa 7 noyabrda e'lon qilinishi kutilmoqda. Zarurat yuzaga kelsa, saylovlarning 2-bosqichi 23 noyabrda bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
20:40 / 16.07.2026
Birodar O‘zbekiston bo‘yicha pozitsiyamiz aniq – Kobul O‘zbekiston haqidagi xabarlarni rad etdi
14:26 / 05.07.2026
Afg‘onistondan dronda narkotik olib o‘tishning oldi olindi
13:47 / 29.06.2026
Pokiston yana Afg‘onistonga hujum qildi
09:15 / 23.06.2026