AQŞ sanksiyalardan yetkazilgan zarar uçun Eronga kamida 50 mlrd dollar tölaşi lozim. Şu şart bilangina Tehron yadro kelişuviga qaytadi. Bu haqda Eronning qabul qilinayotgan qarorlar maqsadga muvofiqligini belgilovçi kengaşi kotibi Muhsin Rizoiy ma'lum qildi. 

“Agar amerikaliklar yadro bitimini tiklaşmoqçi bölsa, unga qaytişlarining özi kamlik qiladi. Ular, şuningdek, sanksiyalardan yetkazilgan zarar uçun kompensatsiya sifatida kamida 50 mlrd dollar tölaşlari lozim”, deb aytgan Rizoiy.

Uning aytişiça, AQŞ prezidenti Donald Tramp 2020 yilgi prezident saylovlarini yuta olmasa ham, “AQŞning yadro kelişuviga qaytişni istaşi-istamasligi noaniqdir”.

Avvalroq AQŞning Eron böyiça maxsus vakili Brayan Xuk AQŞning Eron neft tarmoğiga yönaltirgan sanksiyalaridan Tehron 50 mlrd dollargaça mablağ yöqotganini ma'lum qilgandi.

“Neft sanksiyalarining özi tuzumni 50 mlrd dollardan mahrum qildi”, deb aytgan Xuk.