29 sentyabrda Butunjahon yurak kuni nişonlanadi. Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti ma'lumotlariga köra, yurak-tomir kasalliklari butun dunyoda odamlar ölimining asosiy sababi hisoblanadi.   

Parranda yoki baliq göşti foydasiga yoğli göştdan voz keçiş, turşak, loviya va yonğoqlar iste'mol qiliş, şakar iste'molini çeklaş yurak salomatligini saqlaşga yordam beradi. Bu haqda Rossiya soğliqni saqlaş vazirligining profilaktik tibbiyot tadqiqot markazi saytida ma'lum qilingan.

“Muvozanatlaşgan ovqatlaniş – soğlom yurak tomon birinçi qadamdir, u insonni organizmning barça tizimlari normal işlaşi va normal vaznni qöllab-quvvatlaş uçun zarur bölgan foydali moddalar bilan ta'minlaydi”, deyilgan maqolada.

Taomlar tanlaşda parranda, baliq göşti va dengiz mahsulotlariga afzallik beriş va yoğsiz hamda şirin bölmagan sut-qatiq mahsulotlarini tanlaş lozim. 

Bundan taşqari, turşak, loviya, yonğoqlar va kepakli non kabi kaliy va magniyga boy mahsulotlarni iste'mol qiliş kerak.

Meva va sabzavotlardan bir sutkada kamida 400 gramm iste'mol qiliş lozim. Şakar, şirinliklar, qandolat mahsulotlari va şirin içimliklar iste'molini çeklaş lozim, çunki ular ança kaloriyali hisoblanadi.

Yurak uçun omega-3 yoğ kislotalari saqlovçi mahsulotlar – tuzlanmagan skumbriya, syomga, forel va losos iste'mol qiliş koni foydadir. Yoğli göşt, qaymoq va yoğli tvorog iste'molini ham çeklaş lozim.