Endilikda grin-karta (Green card) rasmiylashtirish uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish biometrik pasporti (xalqona aytganda qizil pasport) zarur.
Xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish chog‘ida ma'lumotlarni yig‘ish punktiga qanday hujjatlar taqdim etiladi?
- belgilangan shakldagi ariza-anketa;
- biometrik pasport yoki ID-karta yoxud 16 yoshga to‘lmagan fuqarolar uchun tug‘ilganlik haqida guvohnoma;
- ilgari berilgan xorijga chiqish biometrik pasporti (mavjud bo‘lgan taqdirda);
- vakolatli organning qarori (xorijga chiqish biometrik pasporti ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilganida);
- harbiy guvohnomaning yoki chaqiruv uchastkasida qayd etilganligi haqidagi guvohnomaning nusxasi yoxud mudofaa ishlari bo‘limining belgilangan namunadagi ma'lumotnomasi — harbiy xizmatga majburlar uchun;
- davlat boji to‘langanligi to‘g‘risidagi kvitansiya;
- ota-onalar, vasiylar (homiylar)ning fuqaroning xorijga chiqishiga notarial tasdiqlangan roziligi — voyaga yetmaganlar uchun;
- fuqaroga hamrohlik qiluvchi shaxsning notarial tasdiqlangan majburiyati — voyaga yetmaganlar uchun.
15 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan fuqarolar ota-onalar, vasiylar (homiylar)ning voyaga yetmagan shaxsning mustaqil ravishda xorijga chiqishiga notarial tasdiqlangan roziligi bo‘lgan taqdirda xorijga kuzatuvchisiz chiqishi mumkin (Manba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 26 dekabrdagi PQ-4079-son qaroriga 1-ilova «O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijga chiqish tartibi to‘g‘risida»gi Nizom).
Xorijga chiqish biometrik pasporti qancha davlat boji to‘lanadi?
O‘zbekiston Respublikasining fuqarolariga chet elga chiqish uchun biometrik pasport berganlik uchun bazaviy hisoblash miqdori (BHM)ning 120 foizi (223 000*1,20=267 600 co‘m)
O‘zbekiston Respublikasining 16 yoshga to‘lmagan fuqarolariga chet elga chiqish uchun biometrik pasport berganlik uchun BHMning 80 foizi (178 400 so‘m).
Pasport qancha muddatda beriladi?
O‘zbekiston Respublikasi hududida xorijga chiqish biometrik pasporti ma'lumotlarni yig‘ish punkti tomonidan hujjatlar qabul qilib olingan kundan boshlab








