O‘zbekiston | 09:35 / 30.09.2019
20665
2 daqiqa o‘qiladi

Davlat test markazini moliyalashtirishning asosiy manbalaridan biri olib tashlanadi

Foto: KUN.UZ

Hukumatning “Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 2018 yil 20 fevraldagi 130-son qaroriga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.

Qayd etilishicha, hujjat oliy ta'lim muassasalarining moliyaviy barqarorligini yanada takomillashtirish maqsadida qabul qilinishi mumkin.

Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 2018 yil 20 fevraldagi 130-son qarorining 5-bandidan “oliy ta'lim muassasalarining oshirilgan to‘lov-kontrakt tushumlari (5 foizgacha miqdorda),” degan so‘zlar chiqarib tashlanadi.

5-bandning amaldagi tahririga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lari, budjetdan tashqari mablag‘lar, oliy ta'lim muassasalarining oshirilgan to‘lov-kontrakt tushumlari (5 foizgacha miqdorda), abituriyentlardan test sinovlarida ishtirok etish uchun undiriladigan yig‘im va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar Davlat test markazi faoliyatini moliyalashtirishning asosiy manbalari etib belgilangan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid