Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniyada elektromobillar tufayli 125 ming ish o‘rni qisqarishi mumkin
Germaniyada ichki yonuv dvigatelli avtomobillardan elektromobillarga o‘tish 125 mingga yaqin ish o‘rni yo‘qolishiga olib kelishi mumkin. Bu haqda Center Automotive Research (CAR) instituti tahlilchilari ma'lum qildi.
Elektromobillar ishlab chiqarish kam ishchi kuchini talab qiladi. Ularga qimmat akkumulyatorlar lozim, lekin mexanik uzatmalar qutisi va ichki yonuv dvigatelining boshqa butlovchi qismlari kerak bo‘lmaydi.
CAR hisob-kitobiga ko‘ra, Germaniyada o‘n yildan keyin elektromobillar mamlakatda ishlab chiqarilayotgan mashinalarning uchdan ikki qismini tashkil etadi. Ularni ishlab chiqarishda hozirgi 834 ming o‘rniga 700 ming kishi band bo‘ladi.
Ma'lum qilinishicha, hozirda hududida yirik avtozavodlar joylashgan federal yerlar ish o‘rinlarining ehtimoliy qisqarishiga tayyorgarlik ko‘rmoqda.