Samarqand viloyatining Kattaqörğon tumani içki işlar bölimi navbatçilik qismiga kelib tuşgan xabarga köra, 22 sentabr kuni soat 00:30larda 5 nafar noma'lum şaxs davlat raqami belgisi bölmagan “VAZ-21011” rusumli avtomaşinada şu tumandagi fermer xöjaligiga kelib, fermer xöjaligi işçisi B.X.ning hayoti uçun xavfli bölmagan zörlik işlatib, 5 boş qöyni avtomaşinaga ortib olib ketgan.
Körilgan tezkor çoralar natijasida, uşbu jinoyatni Kattaqörğon şahrida yaşovçi 2002 yilda tuğilgan D.Ş., 2001 yilda tuğilgan B.A., 2000 yilda tuğilgan S.X., 2001 yilda tuğilgan A.O. va 1997 yilda tuğilgan U.X.lar sodir etganliklari aniqlanib uşlanganlar. 4 boş qöy esa jabrlanuvçiga qaytarilgan.
Özbekiston Respublikasi IIV Jamoatçilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boşqarmasi ma'lumotida aytilişiça, holat yuzasidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi (Talonçilik) 2-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.












