Turkiya AQSh bilan kelisha olmaydigan bo‘lsa, Suriyada xavfsizlik hududini o‘zi mustaqil tashkil etishi mumkin, dedi Turkiya prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an.
"Ortiq bir kun ham kutolmaymiz. AQSh bilan hech qanday natijaga erisha olmasak, boshqa ilojimiz qolmaydi. Eni 30 kilometr bo‘lgan hududda 2 million suriyalik qochoqni joylashtirishni rejalashtirmoqdamiz. Biz o‘z yo‘limizdan boramiz va ayrim qadamlarni boshladik", - dedi u.
"Yelkamizga qochoqlar yukini ortib qo‘yib, Turkiyani tiz cho‘ktirishmoqchi, ammo biz ssenariylar sinab ko‘riladigan davlat emasmiz", - deb qo‘shimcha qildi Turkiya prezidenti.
Avvalroq Anqarada Suriya shimolida xavfsiz hudud yaratish bo‘yicha Turkiya-AQSh muzokaralari yakuniga yetgandi.







