Eron sudi mamlakat prezidenti Hasan Ruhoniyning ukasi Husayn Fereydunni korrupsiya uçun beş yilga ozodlikdan mahrum qildi. Bu haqda Eron oliy sudi rasmiy vakili Ğulom Husayn Ismoiliy ma'lum qildi.
"Husayn Fereydun beş yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi", - deya undan iqtibos keltirdi Fars agentligi.
Fereydun 2017 yil iyulda hibsga olingandi. Tergov unga nisbatan e'lon qilingan ayblovlarning barça tafsilotlarini ma'lum qilmayapti. Fereydun hibsga olingan vaqtda Eron prezidentining maslahatçisi lavozimida edi.












