«Qonunlarni boshqa davlatlardan olib, o‘zbekchaga chala-chulpa o‘girib qabul qilish vaqti o‘tib ketdi» - Safoyev
O‘zbekiston parlamentida qonun chiqaruvchi funksiyalarni takomillashtirish talab etiladi. Bu haqda Oliy Majlis Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev The Uzbek Review nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
“Bizda qonunlarni boshqa davlatlardan asosiy andozalarini olib, o‘zbekchaga chala-chulpa o‘girib, ularni qabul qilish yoki umumiy, hadli qonunlarni qabul qilish vaqti o‘tib ketdi. Endi to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qiluvchi qonunlarning vaqti keldi. Albatta, ularni yaratish oson ish emas. Ular hajm nuqtai nazardan ham katta bo‘ladi, yangi darajadagi professionallikni talab qiladi. Umid qilamizki, saylovlardan keyin yangi, professional, birinchi navbatda, huquqshunoslar, iqtisodchilar, siyosatshunoslar parlamentga keladi hamda ular mana shunday qonunlarni yaratishga qodir bo‘ladi”, - dedi Sodiq Safoyev.
Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonni parlament nuqtai nazaridan isloh qilish uchun aynan shu jihat eng muhim masalalardan biridir.
Mavzuga oid
10:21 / 25.11.2024
Prezident parlament majlisidagi nutqida eng ko‘p qaysi so‘zlarni ishlatdi?
11:58 / 20.11.2024
Shavkat Mirziyoyev: parlament va hukumat o‘rtasidagi munosabat qarama-qarshilikka emas, konstruktiv muloqotga asoslanishi zarur
13:56 / 19.11.2024
Tanzila Norboyeva Senat raisi lavozimiga qayta saylandi
14:26 / 16.11.2024