Neft eksport qiluvçi davlatlar taşkilotini uning 14 ta doimiy a'zosidan biri – Ekvador tark etmoqda.
Ekvador energetika vazirligining xabar berişiça, mamlakat “moliyaviy va soliq barqarorligiga” erişiş uçun kartel tarkibidan 2020 yil 1 yanvardan çiqadi.
Vazirlik ma'lumotlariga köra, bu qadam hukumatning budjet xarajatlarini kamaytiriş va daromadlarni oşiriş strategiyasining bir qismi hisoblanadi.
Şu bilan birga Ekvador hukumati neft bozorini barqarorlaştirişga qaratilgan barça sa'y-harakatlarni qöllab-quvvatlaşni davom ettiradi.
Ayni vaqtda OPeKga Ekvadordan taşqari Jazoir, Angola, Venesuela, Gabon, Eron, Iroq, Kongo, Kuvayt, Liviya, Nigeriya, BAA, Saudiya Arabistoni va Ekvatorial Gvineya kiradi.
Ekvadorda avgustda neft qazib oliş hajmi kuniga 537 ming barrelni taşkil qilgan va bu eng past körsatkiçlardan biri hisoblanadi.












