Turk deputati Şirin Unalning uyida özini otib qöygan Nodira Qodirova işiga boğliq yana bir şubhali holat örtaga çiqdi.

Ma'lum bölişiça, politsiya xodimlari marhumning yaqinlari bergan ayrim körsatmalarni qabul qilişni istamay, ulardan öz gaplarini qaytarib olişlarini söragan.

Nodira Qodirova oilasining huquqşunosi, Bolalar va ayollar birinçi nomli assotsiatsiya rahbari Mujde Tozbey Erden Bianet`ga bergan intervyusida şu haqda aytib ötdi.

«Sizlar ularni notöğri ayblayapsiz», deyiş bilan Nodiraning döstlari va akasidan öz e'tirozlari hamda körsatmalarini qaytarib olişlari uçun uringan politsiya ofitserlariga çora körilişi lozim», – deydi Tozbey.

Mujde Tozbey Erden

Huquqşunosning sözlariga köra, mazkur holatga prokuratura suitsid deb baho bermay turib, politsiya tezda ana şunday e'lon bergani ham şubhalidir.

«Odatda, ayol kişi vafot etgan holatlarda ölim öz joniga qasd qiliş oqibatida röy berganmi yoki yöq, degan savolga sud-tibbiy ekspertizasi xulosasiga tayanib prokuratura javob berardi. Qodirovaning suitsidi bilan boğliq holatda esa buni politsiya departamenti e'lon qilgani dastlabki gumonlarni keltirib çiqaryapti», – deb qayt etdi u.

«Nodira qay tarzda öz joniga qasd qilgani, ölimidan bir keça oldin dugonalaridan biriga jinsiy tegajoğlikka uçragani haqida aytgani, Anqara şahar prokuraturasi murdani yorib köriş va sud-tibbiy ekspertizasi xulosasini tezda olib, jasad Nodiraning vataniga yuborilgani, bu işlar uçun qoğozbozlikka ikki kungina vaqt yetarli bölgani bu ölim borasida şubha-gumonlarni tuğdiryapti», – deya fikr bildirdi Mujde Tozbey Erden.

Uning qöşimça qilişiça, yana boşqa bir qator holatlar huquqni muhofaza qiluvçi organlar deputat Şirin Unalni himoya qilayotganini körsatmoqda.

Huquqşunos prokuroraturaning marhum va uning dugonasiga nisbatan fohişalik ayblovini ilgari surganiga ham munosabat bildirdi.