Microsoft korporatsiyasi tomonidan taqdim etilgan Windows 10 operatsion tizimi (OT) bugungi kunda foydalanuvçilar tomonidan qöllanib kelinmoqda. Ta'lim segmentiga yönaltirilgan 10 S dasturini nafaqat kompaniya noutbuklarida qöllaş mumkin, endilikda HP va Acer ham şunday operatsion tizimli texnikani yetkazib bera oladi. Yangi OT ilovalarni faqat Windows Store'dan örnatiş imkonini beradi, bu xavfsizlik nuqtai nazaridan ta'lim muassasalari uçun afzallik hisoblanadi. The Verge naşri şu haqidagi ma'lumoti bilan bölişdi. 

Yangi HP ProBook x360 Education Edition netbuk-transformeri ixçamligi va yuqori unumdorligi bilan ajralib turadi. 11,6 diagonal, 1336×768 pikselli sensor ekran közni toliqtirmaydigan aniq tasvirni yetkazib beradi. Zarurat tuğilgan taqdirda, displey 360 darajagaça bukiladi. Işlab çiqaruvçining fikriça, Intel Celeron protsessorlar, 4 Gb operativ xotira, 64 Gb vinçester ta'lim ilovalari va matnli tahrirlar bilan işlaş uçun yetarli. 

Noutbuk simsiz Wi-Fi 802.11a/b/g/n/ac, Bluetooth 4.2, ikki kamera, microSD sloti, USB 3.1 (×2) va USB Type-C ulagiçlari, 1.4b'li HDMI interfeysi va quloqçinlar uçun 3,5 mm'li audioçiqiş bilan ta'minlangan. Töliq zaryadlangan batareya 11 soatlik avtonom faoliyat uçun yetadi. Windows 10 S operatsion tizimda işlovçi HP ProBook x360 Education Edition narxi 299 dollarni taşkil qiladi. Tölaqonli Windows 10'li noutbuk bahosi - 329 dollar.

Şuningdek Acer'ning 360 darajali mexanizm bilan ta'minlangan TravelMate Spin B1 Convertible noutbuki şunga öxşaş parametrlarga ega, biroq ekran biroz boşqaçaroq - 1920x1080 piksel. Firma stilusi ham töplam tarkibiga kiradi. Bir martalik zaryadda işlaş vaqti - 13 soat. Windows 10 S platformasida işlovçi bu yangi qurilma narxi ham 299 dollar, Windows 10'li versiyasi biroz qimmatroq - 399,99 dollar.