Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
TIV Hindistonda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga murojaat bilan chiqdi
O‘zbekistonning Hindistondagi elchixonasi bergan ma'lumotga ko‘ra, mamlakatning Bixar shtati va boshqa hududlarida qattiq yomg‘irlar yog‘ishi va ularning natijasida sodir bo‘lgan suv toshqinlari va o‘pirilishlar oqibatida minglab odamlar xavfli hududlarni tark etishga majbur bo‘ldilar.
Mamlakat bo‘yicha jami 110 dan ortiq odam tabiiy ofat qurboni bo‘ldi. Odamlarni xavfsiz hududlarga evakuatsiya qilish hamda mol-mulkidan ayrilgan fuqarolarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha hukumat tomonidan tegishli choralar ko‘rilmoqda.
Shu munosabat bilan TIV Konsullik-huquqiy departamenti Hindistonda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolarini tabiiy ofat hududlariga vaqtinchalik bormaslikka chaqirgan va mamlakatning Nyu-Dehli shahridagi elchixonasi telefon raqamlarini eslatgan: (9111) 24670774, 24670775, 24105640.
Mavzuga oid
22:47 / 09.07.2026
Hindiston Xitoyni ortda qoldirib, Rossiya neftining asosiy xaridoriga aylandi
08:50 / 08.07.2026
2026–2027 yillarda eng tez o‘sadigan iqtisodiyotlar ma’lum qilindi
18:30 / 07.07.2026
Buxoroda hindistonlik talaba yurtdoshini o‘ldirdi
11:04 / 30.06.2026