Neyrobiolog Tara Svart nima uchun yosh o‘tgan sari aql teranligini yo‘qotib borishimiz va bu jarayonni qanday qilib ortga surish mumkinligi haqida o‘rtoqlashdi.

Vaqt o‘tishi bilan miyada qanday o‘zgarishlar sodir bo‘ladi?

Qarish jarayoni miyaga o‘zining to‘xtatib bo‘lmas ta'sirini ko‘rsatadi va bizning qo‘limizdan hech ish kelmaydi, degan fikrda bo‘lsangiz ajab emas. Ammo bu mutlaqo noto‘g‘ri. Ha, siz vaqtni orqaga qaytarib o‘z zakovatingiz va bilimingiz darajasini yuksaltira olmaysiz. Ammo katta yoshdagi aql teranligida insonning hayot tarzi ham o‘z ahamiyatini ko‘rsatmay qolmaydi. Va siz harakatni qaysi yoshda — 30 yoki 50 — boshlashingiz muhim emas.

Vaqt o‘tishi bilan miyada toksinlar yig‘ila boradi — tau-oqsillari va beta-amiloid yog‘ qatlamlari. Ularning paydo bo‘lishi qarishning ilk bosqichlari va kognitiv (his qilish) funksiyalar susayishi bilan bog‘liqdir. Bu tabiiy jarayon hisoblansa-da, ko‘plab omillar vaziyatni kuchaytiradi va jadallashtiradi. Masalan, stress va neyrotoksinlar — alkogol, sifatli uyqu yetishmasligi.

Miya hayot davomida rivojlanib borishiga xizmat qiluvchi xususiyati neyroplastiklik deb ataladi. Uning 3 xil mexanizmi mavjud: sinaptik aloqa, miyelinizatsiya va neyrogenez. Yangi neyronlar yuzaga kelishiga javobgar bo‘lgan neyrogenezning sog‘lom qarishda ahamiyati yuqori. Katta yoshli insonlarda bu jarayon chaqaloqlar va yosh bolalardagi kabi ko‘ngildagidek sodir bo‘lmaydi.

Voyaga yetgan insonlarda yangi neyronlar vujudga kelishi gippokamp — miyaning eslash qobiliyati joylashgan qismida sodir bo‘ladi. Har kuni biz yangi xavotirlar qarshisida ta'sirlanamiz, uyqu vaqtida ular birlashadi. Shuning uchun hayotimizda yangiliklar — harakatlar, odamlar, joy va hissiyotlar qanchalik boy bo‘lsa, neyrogenez jarayonini shunchalik ko‘p jadallashtirishga muvaffaq bo‘lamiz.

Miya yoshligini saqlab qolishi uchun qanday ko‘mak bera olamiz?

1. Yurak urishi tezlashishiga sharoit yarating

Aerobika mashg‘ulotlari, masalan yugurish yoki tez yurish, neyrogenezga ijobiy ta'sirini ko‘rsatadi. 2016 yilda hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, eng yaxshi natijani bardosh mashqlari — yuqori intensivli interval mashg‘ulotlar (HIIT) va vazn mashqlari taqdim eta oladi. Vaholanki, jismoniy faollikning boshqa turlarining ham foydasi bor.

Haftada 2,5 soat vaqtingizni yurak mashg‘ulotlariga bag‘ishlashga harakat qiling. Imkoniyatga qarab trenajyor zalida, parkda yoki shunchaki tabiat qo‘ynida shug‘ullanish maqsadga muvofiq. Hayot qaynagan yo‘llardan uzoqroq turing: ifloslangan havo oqimi miya neyrotrofik omilini bostiradi, u esa asab hujayralari soni oshishiga turtki bo‘ladi. Bundan naf ko‘p emas.