Özbekistonning Yevrosiyo Iqtisodiy Ittifoqiga kirişining ehtimoliy şartlari va mazkur jarayondagi risklarni baholaş 2019 yil oxiriga qadar yakunlanişi kutilmoqda. Bu haqda Rossiya Federatsiyalar kengaşi spikeri Valentina Matviyenko Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev bilan uçraşuvdan keyin ma'lum qildi.

Rasmiy taşrif bilan Özbekistonda bölib turgan Matviyenko 2 oktabr kuni Oliy Majlis Qonunçilik palatasidagi uçraşuvda Özbekiston YeOIIga qöşiliş masalasini körib çiqayotganini aytgan edi.

«Prezidentlarimiz işçi guruh tuziş böyiça kelişib olişgan. Rossiya tomonidan bu işçi guruhga Boş vazirning birinçi örinbosari Siluanov boşçilik qilyapti.

Guruh ehtimoliy şartlar, risklar va salbiy oqibatlarning oldini oliş tahlili yuzasidan juda tiğiz va yaxşi tempda iş olib boryapti. Tahlil işlari yil oxiriga qadar yakunlanişi kerak», – degan Matviyenkoning sözlarini keltirdi TASS.

Uning sözlariga köra, YeOIIning barça a'zo davlatlari bu kabi tahliliy baholaş işlarini olib borişyapti, çunki taşkilotga yangi a'zoni qabul qiliş masalasidagi qaror birgalikda qabul qilinadi.

«Özbekiston prezidenti iqtisodiy integratsion birlaşmalarda iştirok etiş – bugungi kunning real voqeligi ekanini tuşunadi. U haq, yakuniy qaror qabul qilişdan oldin a'zo böliş şartlari yuzasidan juda jiddiy tahlil ötkaziş, bu iqtisodiyotga ziyon yetkazmaydimi, iş örinlari soniga ta'sir qilmaydimi kabi şu va boşqa savollarga javob topiş zarur», – deb qayd etdi Valentina Matviyenko.

Özbekiston tomoni hozirça YeOIIga a'zolik masalasi körib çiqilayotgani böyiça ma'lumot berganiça yöq. Ammo, prezident Şavkat Mirziyoyev şu yil iyun oyida Senatning 20-yalpi majlisida senatorlarga murojaat qilib, Yevrosiyo Iqtisodiy Ittifoqiga a'zo böliş yoki bölmaslikdan kelib çiqadigan foyda-zararlar haqida gapirgan edi.

«Qöşnilarimiz bizdan ança oldinda. Ular yaqinda mahsulotlarni markirovkalaşga ötadi. Biz bu bozorda markirovkalanmagan mahsulotlarimiz bilan yutqazamiz. Biz töğri yölni topişimiz kerak. Barçasini tahlil qilib, 10 marta ölçab, keyin qaror qabul qiliş kerak», degandi prezident.

Iyun oyida, şuningdek, Rossiya boş vaziri Dmitriy Medvedev ham bu masalaga töxtalib, «Özbekiston YeOIIda yuz berayotgan jarayonlarni hozirça kuzatib turgani»ni