Inson boşiga tuşadigan sinovlar ham, odam uçraşi mumkin bölgan dardlar ham xilma-xil. Kimdir tibbiy yordam, öz irodasi, yaqinlarining moddiy va ma'naviy qöllab quvvatlaşi bilan kasallikni yengib ötsa, yana kimdir hozirça ojiz tibbiyot, qöl qisqalik tufayli murakkab vaziyatga tuşib qoladi. Bugungi qahramonimiz Ğaribjon aka Safarov ham ana şunday holatni boşdan keçirmoqda.
Surxondaryo viloyati Termiz şahrida yaşovçi Ğaribjon aka öz umrini vatan himoyasiga bağişlagan, köp yillar harbiy zobit bölgan. Bundan beş yil avval terining jiddiy kasalligi – psoriazga çalindi. Öz vaqtida davolanmaslikmi, yoki organizmning öziga xos jihatlari tufaylimi, odatda kiçik maydonda çeklanib turadigan kasallik şiddat bilan rivojlanib ketdi.

Butun tanani qoplab olgan bu dard va uning asoratlari suyaklar tuzilişigaça ta'sir ötkazdi, qiyşaytirib yubordi. Davolanişlar samara bermadi, Ğarib aka bugungi kunda örnidan tura olmay qolgan.
Umidsizlik, tuşkunlik kunlarida xorijiy şifokorlar bu kasallikni yengiş mumkin ekanligini bildirib, oilaga umid bağişlaydilar. Albatta, hozir asosiy maqsad bu darddan butunlay foriğ böliş emas, rivojlanişini töxtatiş, azoblarni yengillaştiriş. Şundan söng kelgusi harakatlar rejasi tuziladi.


Ğarib aka Safarovning eng asosiy suratlarini ommaga boriça taqdim etişga iymandik. Ammo siz körib turganingiz ham u kişining boşiga tuşgan sinov qay darajada jiddiyligini körsatib turibdi.
Oila ötgan beş yil davomida bor-budlarini sarflab tugatişgan. Nafaqa puli va topganlari xarajatlarga yetmaydi. Şu bois oila a'zolari yaxşi insonlardan yordam söraşga majbur bölmoqdalar.

Azizlar! Sizning saxovatli qöllaringiz juda köpçilikning oğirini yengil qildi va kelgusida ham bu an'ana davom etişiga umid qilamiz! Ğarib aka tuşkunlikda çindan ham ğarib bölib qolmasin...
Plastik karta raqami: 8600 0609 1069 0248 Xalq banki, turmuş örtoği Narbayeva Şohsanam nomida;












