Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev Qoraboğdagi vaziyat sababli BMT Xavfsizlik kengaşini tanqid qildi.

“BMT Xavfsizlik kengaşi Qoraboğ böyiça 4 ta rezolyutsiya, jumladan bosib olingan hududlardan arman kuçlarining zudlik bilan va sözsiz olib çiqilişini talab qiluvçi rezolyutsiyalarni qabul qilgan, biroq ular 25 yildan köproq vaqtdan beri bajarilmayapti. Va şu yerda biz qabul qilingan qarorlar bajarilişi borasida muhim savolga kelmoqdamiz. BMT Xavfsizlik kengaşi eng oliy xalqaro organ. Agar Xavfsizlik kengaşi qabul qilgan qarorlar 25 yildan beri bajarilmayotgan bölsa, unda bu taşkilotning samaradorligi borasida köplab savollar tuğiladi. Bizni Ozarboyjonda rezolyutsiyalar bajarilişining tanlanma xarakteri taşvişlantiradi”, deb aytgan Aliyev “Valday” Xalqaro munozaralar klubi yiğilişida.  

Ozarboyjon prezidentining ta'kidlaşiça, BMT Xavfsizlik kengaşining rezolyutsiyalari ba'zida bir neça kun içida bajariladi, ba'zida esa ular harbiy harakatlar amalga oşiriş uçun umuman talab qilinmaydi. “Bizning vaziyatda esa rezolyutsiyalar faqat qoğozdagina qolmoqda”, deb aytgan Aliyev. 

Qoraboğdagi mojaro 1988 yil fevralda Toğli Qoraboğ avtonom viloyati Ozarboyjon tarkibidan çiqişini e'lon qilgandan keyin boşlangan. 1991 yil sentyabrda avtonom viloyat markazi Stepanakertda Toğli Qoraboğ respublikasi taşkil etilgani e'lon qilingan. Ozarboyjon hukumati keyin yuz bergan harbiy ixtilof vaqtida viloyat ustidan nazoratni qöldan çiqargan.