Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonning mudofaa sohasidagi davlat siyosatiga yangi tamoyillar kiritiladi
Shu kunlarda joylarda senatorlar, mahalliy hokimiyat vakillari, nodavlat notijorat tashkilotlari ekspertlari va keng jamoatchilik ishtirokida o‘tkazilayotgan tadbirlarda yangi qonunlar muhokama etilmoqda, deb yozadi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining axborot xizmati.
Qayd etilishicha, Namangan viloyatida “Mudofaa to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni mahalliy Kengashlar deputatlari, keng jamoatchilik vakillari ishtirokida muhokama qilindi.
Ta'kidlanganidek, Qonun bilan mudofaa sohasidagi davlat siyosatining asosiy maqsadlari belgilanmoqda. Mamlakat mustaqilligi, hududiy yaxlitligi va konstitutsion tuzumini himoya qilish, davlatning harbiy xavfsizligini ta'minlash, xalqaro va mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash kabilar shular jumlasidan.
Shuningdek, mudofaa sohasida davlat siyosatining o‘z xavfsizligini boshqa davlatlar xavfsizligi hisobiga mustahkamlashga yo‘l qo‘yilmasligi kabi yangi tamoyillari kiritilmoqda.
Senat xabarida aytilishicha, joylarda Qonunchilik palatasidan Oliy Majlis Senatiga kelib tushgan yangi qonunlar muhokamasi davom etmoqda.
Mavzuga oid
08:22 / 05.06.2026
Qaysi davlatlar mudofaa uchun eng ko‘p mablag‘ ajratyapti?
19:05 / 26.04.2026
Soliq va tadbirkorlik sohasidagi qonunbuzarliklar uchun javobgarlik kuchaytirildi
08:28 / 24.04.2026
Reyting: dunyodagi eng yirik 15 ta mudofaa budjeti
08:53 / 22.04.2026