Parijda kar-soqov politsiyaçi 4 nafar hamkasbini piçoqlab öldirdi. Bu haqda “Yevronyus” telekanali xabar berdi. 

Bosqinçining özi boşqa politsiyaçilar tomondan otib öldirilgan. Voqea joyiga Fransiya prezidenti Emmanuel Makron yetib kelgan.

Ma'lum qilinişiça, voqea Parij markazida joylaşgan Site orolidagi politsiya bölimida yuz bergan. Bosqinçining şaxsi örnatilgan, u 45 yoşli kar-soqov politsiyaçi bölgan. Hozirda qotillik sabablari aniqlaştirilmoqda. 

3 oktyabrda Parijda 20 ming politsiyaçi iştirokida iş taşlaş aksiyasi bölib ötdi. Ular “sariq jiletlar” bilan oxiri yöq kuraş, maşaqqatli iş va maoşlari pastligidan norozilik bildirişgan. Ta'kidlanişiça, Fransiyada yil boşidan beri 50 politsiyaçi öz joniga qasd qilgan.