Özbekiston Respublikasi Prezidenti “Özbekiston Respublikasida kadrlar siyosati va davlat xizmati tizimini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi farmonni imzoladi.
Hujjat bilan Özbekiston Respublikasida kadrlar siyosati va davlat xizmati tizimini tubdan takomillaştiriş böyiça birinçi navbatdagi çora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.
Özbekiston Respublikasi prezidenti Administratsiyasi tuzilmasida Özbekiston Respublikasi prezidentining davlat xizmati va hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik qiliş masalalari böyiça maslahatçisi örinbosari - Özbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Davlat boşqaruvi akademiyasining rektori lavozimi joriy etildi.
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Mutaxassislarni xorijda tayyorlaş va vatandoşlar bilan muloqot qiliş böyiça «El-yurt umidi» jamğarmasi Davlat xizmatini rivojlantiriş agentligiga topşirildi.
Özbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantiriş agentligi qoşida Davlat xizmatini rivojlantirişni qöllab-quvvatlaş jamğarmasi yuridik şaxs bölmagan holda taşkil qilindi.












