Xalqaro hunarmandçilik festivalini ötkazib borişga oid çora-tadbirlar töğrisida Özbekiston Prezidentining farmoni imzolandi.
Hujjat bilan Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Savdo-sanoat palatasi, “Hunarmand” uyuşmasi, Madaniyat vazirligi, Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi, Özbekiston Badiiy akademiyasi va Farğona viloyati hokimligining har ikki yilda bir marta sentabr oyida Qöqon şahrida Xalqaro hunarmandçilik festivalini hamda festival doirasida “Hunarmandçilik va xalq amaliy san'atini rivojlantiriş istiqbollari” mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiyani ötkaziş töğrisidagi taklifi ma'qullandi.
Quyidagilar:
a) festivalning asosiy vazifalari etib belgilandi:
Özbekistonning milliy hunarmandçilik an'analarini davom ettiriş, hunarmandlarni har tomonlama qöllab-quvvatlaş, boy madaniy merosini dunyo hamjamiyati örtasida tarğib etiş va şu orqali jahondagi turli milliy madaniyat va qadriyatlarni yaqinlaştiriş;
milliy hunarmandçilik va xalq amaliy san'ati sohasining xalqaro obro‘-e'tiborini mustahkamlaş, “Qöqon- Jahon hunarmandçilik şahri” brendini keng tarğib etiş hamda mamlakatimizning sayyohlik salohiyatini oşiriş;
jahon xalq amaliy san'atini asrab-avaylaş va rivojlantiriş, uşbu bebaho boylikni kelgusi avlodlarga bezavol yetkaziş hamda bu yöldagi sa'y-harakat va imkoniyatlarni birlaştiriş;
yoşlarni har tomonlama barkamol insonlar etib tarbiyalaş, ularning zamonaviy bilimlar bilan birga, xalq amaliy san'atining nazariy va amaliy jihatlarini puxta egallaşi uçun keng imkoniyatlar yaratiş;
b) ilmiy-amaliy konferensiyaning asosiy vazifalari etib belgilandi:
hunarmandçilik sohasidagi muammolarni xorijiy olimlar, ekspert va mutaxassislar iştirokida muhokama qiliş hamda bu borada nazariy va amaliy tajriba almaşiş;
hunarmandçilik yönalişida foydalanilmayotgan imkoniyat va resurslarni aniqlab, sohani rivojlantiriş istiqbollarini belgilaş;
hunarmandçilik sohasida madaniy va tarixiy jihatdan çuqur izlanişlar olib boriş, ilmiy-amaliy hamkorlikni kengaytiriş va amalga oşirilayotgan tadqiqotlar natijalarini ommalaştiriş.
Festivalga iqtidorli hunarmandlar va iste'dodli yoşlarni jalb etiş maqsadida “Men Qöqonga boraman” şiori ostida ikki bosqiçdan iborat quyidagi körgazma va körik-tanlovlar taşkil etiladi:

















