Olimlar smartfonlarni köz kasalliklarini köz şifokori - oftalmologga murojaat qilgungaça aniqlay oladigan qildilar. Bu haqda Engadget portali xabar berdi.
Köz kasalligi bor-yöqligini Cradle (Computer Assisted Detector of Leukoria) mobil dasturi yordamida tekşiriş mumkin. Dasturni iOS va Android operatsion tizimlarida işlovçi smartfonlarga yuklab oliş mumkin. Dastur kataraktadan boşlab retinoblastomagaça bölgan köz kasalliklarini aniqlaş uçun smartfon kamerasidan foydalanadi.
Dastur har qanday yoşdagi odamda köz kasalligini aniqlay oladi, biroq u köproq bolalar uçun asqatadi, çunki ular soğliqlarida muammolarga duç kelganlarini anglamaydilar.
Dasturçilar dasturni köz kasalligini aniqlaşga 40 bolaning 53 ming suratida örgatişdi. Bu bolalardan yarmi köz kasalliklaridan aziyat çekkan. Dastur 16 bolada ularning köz şifokoriga murojaat qilişidan örtaça 1,3 yil avval köz kasalligi borligini aniqlay olgan bölsa-da, dasturçilar Cradle oftalmolog huzurida malakaviy körikdan ötişning örnini bosa olmasligini va faqatgina ehtimoliy muammolardan ogohlantirişda asqatişini ta'kidlab ötganlar.

















