2019 yilning 4 oktabr kuni Özbekiston Respublikasi taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengaşi (TTDHK) boş kotibi Boğdod Amreyevni qabul qildi.
TIV xabariga köra, suhbat çoğida Özbekiston va TTDHK örtasidagi munosabatlarning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Boş kotib Boğdod Amreyev 2009 yilda imzolangan Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengaşini tuziş töğrisidagi Naxiçevan Bitimini Özbekiston tomonidan ratifikatsiya qilinganini olqişladi. Uşbu voqea TTDHK doirasidagi köp tomonlama hamkorlik imkoniyatlarini kengaytiradi va taşkilot salohiyatini sezilarli darajada mustahkamlaydi.
Uçraşuvda TTDHKning Boku şahrida bölib ötadigan yettinçi Sammitida Özbekiston delegatsiyasi iştirokining amaliy jihatlari körib çiqildi.












