Bugun, 5 oktabr kuni, Tojikiston Respublikasi prezidenti Imomali Rahmon Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev bilan telefon orqali muloqot ötkazdi. Bu haqda Tojikiston prezidenti saytida xabar berildi.
Özbekiston prezidenti Tojikiston rahbarini tuğilgan kuni bilan tabriklab, unga sihat-salomatlik, faoliyatida muvaffaqiyatlar, Tojikiston xalqiga esa farovonlik, tinçlik va barqarorlik tiladi.
Qayd etilişiça, suhbat çoğida tojik-özbek yaxşi qöşniçilik va strategik şeriklik munosabatlarini yanada rivojlantiriş böyiça izçil iş olib borişga özaro tayyorlik bildirildi.
Ma'lumot örnida, Imomali Rahmon (2007 yil 21 martgaça Imomali Şaripoviç Rahmonov) 1952 yil 5 oktabr kuni tuğilgan. 1992-1994 yillarda Tojikiston Oliy Majlisi raisi, 1994 yildan Tojikiston Respublikasi prezidenti.












