Al Arabia telekanalining Bag‘doddagi ofisiga jangarilar hujum qildi
Al Arabia telekanalining Iroq poytaxti Bag‘doddagi ofisiga niqoblarda bo‘lgan noma'lum kimsalar hujum qildi. Bu haqda telekanal saytida ma'lum qilindi.
Telekanal muxbirining ta'kidlashicha, ofis oldiga avtomobillarda kelgan o‘nga yaqin bosqinchi qora kiyimda va yuzlari niqob bilan yashirilgan holda bo‘lgan.
Ular telekanal ofisiga bostirib kirib, xodimlarni kaltaklashgan va qurilmalarni sindirishgan. Hujum oqibatida bir necha kishi jarohat olgan.
Muxbirning ta'kidlashicha, iroqlik politsiyachilar telekanal jamoasiga hujum vaqtida yordam berishdan bosh tortgan. Iroq mutasaddi shaxslari o‘z navbatida muxbirga hujum tafsilotlari tergov qilinayotganini aytishgan.
Muxbir telekanalning Bag‘doddagi bo‘limi oxirgi kunlarda tahdidlar olgani va Iroq xavfsizlik idoralaridan xodimlari xavfsizligini ta'minlashni so‘raganini ma'lum qilgan. Muayyan muddatga himoya taqdim qilingan, biroq mamlakatdagi norozilik namoyishlari sababli politsiyachilar boshqa binolarni himoyalash uchun kerak bo‘lgan.
Iroqda bir necha kundan beri norozilik namoyishlari davom etmoqda. Ular oqibatida oxirgi 5 kun ichida 100 kishi halok bo‘lgan, 4 mingga yaqin kishi yaralangan.
Mavzuga oid
12:42 / 08.02.2024
Bag‘dodda «Kataib Hizbulloh» guruhi yetakchisi o‘ldirildi
22:34 / 04.01.2024
AQSh Iroqda «Hizbulloh» qo‘mondoni mashinasiga zarba berdi
22:09 / 23.11.2023
Kollej direktorini kaltaklagan Bag‘dod hokimi o‘rinbosari hayfsan oldi
09:36 / 20.07.2023