O‘zbekiston | 12:51 / 06.10.2019
3472
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston yo‘lovchi vagonlari parki 5 yil ichida 80 foizgacha yangilanadi

Toshkent yo‘lovchi vagonlarini ta'mirlash va ularga xizmat ko‘rsatish zavodi 2025 yilgacha 300ta yangi vagonlarni ekspluatatsiyaga topshirishni rejalashtirmoqda.

Reja bajarilgan taqdirda, bu orqali O‘zbekiston yo‘lovchi temiryo‘l sostavining 70-80 foizi yangilanishiga erishiladi. 

«O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ rasmiy saytida ma'lum qilinishicha, 2019 yil oxiriga qadar yo‘lovchi vagonlari parki 55ta yangi vagon bilan to‘ldiriladi.

«O’ztemiryo’lyo’lovchi» vagonlarini yangilash konsepsiyasiga asosan, yiliga turli tipdagi kamida 50ta yangi vagon tayyorlab yetkaziladi. Vaholanki, 2009-2018 yillar davomida yiliga o‘rtacha 18ta yangi vagon tarkibga qo‘shib kelingan.

«Umuman olganda, har yili o‘zimizda ishlab chiqarilgan bunday ko‘p sonli vagonlarni qabul qilib olish – bu katta natija. Yo‘lovchi temiryo‘l transporti xo‘jaligini rivojlantirish va temiryo‘l transportida yo‘lovchilar tashuvi hajmini oshirish uchun mavjud barcha imkoniyatlarni ishga solamiz», – deydi «O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJning Marketing va innovatsiyalarni joriy etish bo‘yicha direktori Sunnatullo Hamidov.

Mavzuga oid