Giyohvandlik vositalarini yurtimizga noqonuniy olib kiriş şuningdek, ular bilan noqonuniy muomalada böliş qat'iy taqiqlangan va jinoiy javobgarlik belgilangan. Biroq bu kabi qonunbuziliş holatlari hamon uçramoqda.

Foto: Davlat bojxona qömitasi axborot xizmati

Surxondaryo viloyati bojxona boşqarmasi “Ayritom” çegara bojxona posti orqali yurtimizga kirib kelgan H.O. ismli şaxs belgilangan tartibda bojxona nazoratidan ötkazildi. Bu haqda Davlat bojxona qömitasi axborot xizmati xabar bermoqda

Natijada, mazkur fuqaroga tegişli hamyon içidan rangsiz sellofanga öralgan sof oğirligi 1,5 gramm “gaşiş” giyohvandlik moddasi topildi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan suriştiruv harakatlari olib borilmoqda.