Sentabr kirib kelişi bilan biz kuz kelganini his qildik. Respublika hududiga bir neça marta salqin havo kirib kelişi natijasida kuzning ilk kunlaridanoq salqin tuşib, yomğir yoğdi, şamol kuçaydi. 

«Özgidromet»ning yozişiça, ayniqsa 9 sentabr kuni sovuq tuşgani bilindi. Şu kuni havo harorati 13-18 daraja atrofida bölgani qayd etildi, bu sentabr oyi uçun xos bölgan örtaça köp yillik qiymatlardan 2-4 darajaga pastdir. Sentabr oyining birinçi yarmida Toşkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Namangan viloyatlarida yoqqan yomğir 5-16 mm., toğli va toğoldi tumanlarda yoqqan yomğir 25-35 mm.ga yetdi.

Sentabr oyining ikkinçi yarmida oltin kuz uçun xos bölgan iliq va quruq ob-havo kuzatildi. Harorat foni 25-30 darajadan 30-35 darajagaça özgarib turdi. Bu körsatkiç me'yordan 2-4 darajaga yuqori. Yomğir faqat 30 sentabr kuni Toşkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo hamda Farğona vodiysi viloyatlarida yoğib ötdi.

Qayd etilişiça, bir oy oldindan prognozlar köproq iqlimiy tavsifga ega — kunma-kun ob-havoning qanday bölişini aniq prognozlaşning imkoniyati yöq. Nafaqat Özbekistonda, balki jahon amaliyotida ham ob-havo ma'lumotlarini tayyorlaşda 6 kunlik prognozlar işonçli hisoblanadi. 

«Özgidromet» mutaxassislarining dunyoning yetakçi ob-havo markazlari ma'lumotlariga tayanib bergan baholariga köra, bu yilgi oktabr oyi harorati örtaça köp yillik körsatkiçlar atrofida yoki undan 1-2 darajaga past bölişi mumkin. 

Hozir davom etayotgan birinçi ön kunlikda harorat keçasi 8-13 daraja iliq, kunduzi 20-25 daraja iliq. Oyning ikkinçi yarmi va oxirigaça harorat bir oz pasayib keçasi 7-12 daraja iliqdan 2-7 daraja iliqqaça, kunduzi esa 20-25 daraja iliqdan 12-17 daraja iliqqaça özgaradi.

Yoğinlar böyiça ham oktyabr oyi me'yorlarga yaqin bölişi, ayrim joylarda esa örtaça körsatkiçlardan yuqori bölişi mumkin. Respublikaning şimoliy hududlari — Qoraqalpoğiston, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlari hamda Qaşqadaryo va Surxondaryoda 2-10 mm.gaça, qolgan joylarda 15-30 mm., respublikaning toğ va toğoldi tumanlarida 44-74 mm.gaça yoğingarçilik bölişi mumkin. Kuzatuvlar davri mobaynida bundan ham köp yomğir yoğgan oktabr oylari bölgan. Umuman olganda, yomğirli kunlar soni örtaça 5-7 kun, Buxoro va Navoiyda 2-4 kunni taşkil qilişi mumkin. Masalan, Toşkentda 1951 yilda oktabr oyida 18 kun yomğirli bölgan.