Keça, 6 oktabr kuni Toşkent viloyati bojxona boşqarmasi tomonidan «Çinor» yöl patrul postida «Tropikamid» va «REGAPEN» nomli dori vositalarini noqonuniy olib ötişga uriniş bilan boğliq holat foş etildi. Bu haqda Davlat bojxona qömitasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Tadbir davomida, yöl patrul xizmati maskaniga kirib kelgan, fuqaro M.A. boşqaruvidagi “ISUZU” rusumli yuk avtotransporti töxtatilib, belgilangan tartibda nazoratdan ötkazildi. Natijada avtomaşinada tegişli hujjatlari bölmagan qiymati 112,2 million sömlik 6600 dona «Tropikamid 10 mg» va 120 million sömlik 8400 dona «REGAPEN 300 mg» nomli dori vositalari borligi ma'lum böldi.

Foto: Davlat bojxona qömitasi axborot xizmati

Olingan aşyoviy dalillarning umumiy qiymati 232,2 million sömni taşkil qildi.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan suriştiruv harakatlari olib borilmoqda.