Çegaralangan moliyaviy resurslar asosida yaşaydigan talaba ahli uçun oy davomida transportdan imtiyozli tarzda foydalaniş imkonini beradigan proyezdnoy ─ oylik yöl çiptasi suv va havo kabi zarur.
Joriy yilning oktabr oyida esa talabalar uçun möljallangan oylik yöl çiptasini topiş muammoga aylandi. Özim talaba bölganim uçun bilaman, agar talabaning özi hafsalasizlik, beparvolik qilib, juda keç harakatga tuşib qolmasa, oyning 10-sanalarida ham «proyezdnoy» bemalol topilardi. Ammo bu gal vaziyat boşqaça böldi: sentabr tugar-tugamas, çipta sotiladigan şoxobçalarda «T» proyezdnoy yöq» degan yozuv paydo böldi, talabalarning sarson bölayotgani keng muhokama qilindi.



«Toşşahartransxizmat» AJ axborot xizmatining ma'lum qilişiça, bunday holat yuzaga kelganining muayyan sabablari mavjud. Tahlillarga köra, joriy oyda talabalar oylik yöl çiptasiga talabning keskin ortib ketişiga oliy ta'lim muassasalarida öqişga qabul qiliş kvotalari oşirilgani, qöşimça örin asosida talabalar qabul qilingani sabab bölgan. Şuningdek, yöl haqi tariflari oşgani (1200 sömdan 1400 sömga), şu bilan birgalikda oylik yöl çiptalari narxi özgarişsiz qolgani ham bu turdagi oylik yöl çiptasiga talab keskin yuqorilaşiga sabab bölgan.
«Bir oyda umumiy hisobda örtaça 70 mingta oylik yöl çiptasi sotuvga çiqariladi. Umumiy oylik yöl çiptalarining qariyb 29 mingtasi talabalar uçun möljallangan. Sentabr oyida bu çiptalarning 82 foizi sotilgan. Oylik yöl çiptalarini topiş katta muammoga aylangan oktabr oyida ham talabalar uçun jami 29 mingta ─ 15 mingta «T» seriyali (faqat avtobus uçun), 14 mingta «












